Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paxtakorda ezgulik bayrami
17:36 / 2025-12-04

Jizzax viloyatining barcha hududlarida Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun bayram tadbirlari o‘tkazildi. Paxtakor tumanida ham hokimlik tashabbusi bilan 150 nafardan ortiq fuqaro “Afsona” tantanalar majmuasida e’zozlandi.

Tadbirda tuman hokimligi  va prokuratura,  shuningdek, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyatining Jizzax viloyat bo‘limi, Nogironlar jamiyatining Paxtakor tuman bo‘linmasi hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Ular ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan davlat siyosatidagi ustuvor vazifalar — ularning hayot sifatini oshirish, ijtimoiy himoyasini mustahkamlash va jamiyatda faol ishtirokini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtaldilar.

Tuman madaniyat bo‘limi  havaskorlari o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi.

Tadbir yakunida barcha qatnashchilarga bayram sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, tadbirda qatnashish imkoniyati bo‘lmagan, uy sharoitida yashovchi 50 nafarga yaqin nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi. Homiylar tomonidan ularga oziq-ovqat mahsulotlari va  texnika vositalari topshirildi.

A. Qayumov, O‘zA muxbiri