English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paxtakorda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi (+video)
18:50 / 2026-02-06

FOTOREPORTAJ

Jizzax viloyatida aholi bandligini ta’minlash va ta’lim sohasida kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida Paxtakor tumanida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tumanning 9-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbir Paxtakor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan tuman hokimligi, prokuratura va ichki ishlar bo‘limlari hamkorligida o‘tkazildi. Unda tuman hokimi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, ta’lim sohasi mutasaddilari hamda ish beruvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

[gallery-27510]

Mehnat yarmarkasida tumandagi 19 ta umumta’lim maktabi va 16 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ishtirok etib, yangi tashkil etilayotgan 17- va 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun jami 67 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi. Bo‘sh ish o‘rinlari pedagog, tarbiyachi yordamchisi, oshpaz, xo‘jalik va boshqa texnik lavozimlarni o‘z ichiga oldi.

Tadbir davomida ish izlab kelgan fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, mehnat qonunchiligi, ishga joylashish tartiblari va ijtimoiy kafolatlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Jami 87 nafar fuqaro huquqiy va amaliy maslahatlar bilan qamrab olindi.

— Bunday mehnat yarmarkalari ta’lim muassasalarining barqaror faoliyatini ta’minlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish va yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega, - deydi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Madina Turg‘unova.

Qayd etilishicha, aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan bunday tadbirlar Paxtakor tumanida izchil davom ettiriladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/D1AOS5RgauU" title="Paxtakorda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jamshid YORBEKOV (surat va video), O‘zA