Poytaxtimizning bosh jamoasi bo‘lgan “Paxtakor” klubining yoshlar jamoasi ayni damda "Espayr" akademiyasi bilan hamkorlik doirasida Qatarda yig‘in o‘tkazmoqda. Ushbu yig‘inda 2007-2009 yillarda tavallud topgan futbolchilar ishtirok etmoqda.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, klub tarixida yoshlar jamoasi birinchi marta xorij yig‘iniga yo‘l oldi. Ushbu yig‘in doirasida "Paxtakor" yoshlar jamoasi ikki marotaba Qatar U20 terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Ushbu nazorat o‘yinining dastlabkisida futbolchilarimiz 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, ikkinchi uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur yig‘in 6 fevral kuni o‘z yakuniga yetadi.

Ma’lumot o‘rnida, "Paxtakor"ning asosiy jamoasi 4-17 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida ertaga, 4 fevral kuni ikkinchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi. 17 fevralga qadar o‘tadigan ushbu yig‘inda jami 6 ta nazorat o‘yini o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ulardan dastlabkisi, "Qayrat" klubiga qarshi, Qozog‘istonning amaldagi chempioni bilan tashkil etiladigan uchrashuv esa 7 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA