Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Paxtakor» yangi mavsumga so‘nggi tayyorgarlikni boshladi
16:51 / 2026-02-04

Toshkentning «Paxtakor» jamoasi bosh murabbiy Kamoliddin Tojiyev rahbarligida yangi mavsumga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini o‘tkazish uchun Turkiyaga yo‘l oldi.

Antaliya shahrida 17 fevral kuniga qadar tashkil etiladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida poytaxt klubi a’zolari nafaqat mashg‘ulotlarda, balki bir qator nazorat uchrashuvlarida ham o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi.

Jumladan, «Paxtakor» 7 fevral kuni Qozog‘istonning «Qayrat», 8 fevralda Moldovaning «Petrokub» jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, 12-17 fevral kunlari Ukrainadan «Epitsentr» va «Obolon», Gruziyaning «Spaeri» klublariga qarshi nazorat uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yig‘inga yo‘l olgan tarkib quyidagicha:

Darvozabonlar: Vladimir Nazarov, Sanjar Quvvatov, Maksim Murkayev.

Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov, Dilshod Saitov, Shahzod Azmiddinov, Muhammad Bobur Karimov, Zaid Tahsin, Muhammadqodir Hamraliyev, Muhammadrasul Abdumajidov, Sherzod Nasrullayev.

Yarim himoyachilar: Sardor Sobirxo‘jayev, Ibrohim Ibragimov, Abdurauf Bo‘riyev, Akmal Mozgovoy, Flamarion, Abubakr Shukurullayev, Hojimat Erkinov, Sardor Mirqobilov, Oybek Bozorov, Bashar Resan.

Hujumchilar: Rustam Turdimurodov, Doston Hamdamov, Aziz Turg‘unboyev.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA