“Paxtakor” yana bir yo‘nalishda tengsiz
“Paxtakor” futbol klubi O‘zbekiston professional futbol ligasi (O‘zPFL) tomonidan shakllantirilgan barqarorlik reytingida 2025 yilning eng yaxshi klubi deb topildi. Mazkur reytingda jamoalarning chempionatdagi, shuningdek, mamlakat kubogidagi natijalari inobatga olingan.
Superliga reglamentiga muvofiq, klublarning barqarorlik reytingi shakllantirib boriladi. Ushbu reytingni yuritish tartibi reglamentda batafsil belgilab qo‘yilgan.

Joriy yilgi reyting natijalariga ko‘ra, “Paxtakor” klubi yaqqol yetakchilikni qo‘lga kiritdi. “Nasaf” va “Dinamo” jamoalari esa kuchli uchlikni yakunladi.
Reglamentda belgilangan tartib asosida so‘nggi besh yil davomida qayd etilgan natijalar tahlil qilinadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA