“Paxtakor” va “Buxoro” finalga yo‘l oldi
Futbol bo‘yicha mamlakatimiz kubogining yarim finali doirasida “Paxtakor” – “Dinamo”, “Buxoro” –“So‘g‘diyona” uchrashuvlari o‘tkazildi.

Toshkentdagi “Jar” stadionida o‘tgan “Paxtakor” – “Dinamo” o‘rtasidagi o‘yinning asosiy vaqti va qo‘shimcha bo‘limlarida 0:0 hisobi qayd etildi.

Penaltilar seriyasida 4:2 hisobida "Paxtakor" g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. "Buxoro" va "So‘g‘diyona" o‘rtasidagi ikkinchi yarim final bahsi mezbonlar foydasiga 3:2 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa, O‘zbekiston kubogining so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvi “Paxtakor” va “Buxoro” jamoalari o‘rtasida Andijon shahridagi “Bobur-arena” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA