Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paxtakor tumanidagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati mablag‘lari talon-taroj qilingan – Uy-joy fondi inspeksiyasi
17:12 / 2022-02-01

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish, ularga imkoniyat yaratib berayotgan sabab va holatlarning oldini olish bo‘yicha qator qonunlar va qonun osti hujjatlari qabul qilinmoqda. Qabul qilingan hujjatlarning asosiy maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida monitoring ishlari olib borildi. Xususan, Jizzax viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan 2022 yilning 28 yanvar kuniga qadar Paxtakor tumanidagi Uy-joy mulkdorlari shirkatlarida (UJMSH) bajarilgan ta’mirlash ishlari yuzasidan monitoring ishlari olib borildi. 

Unga ko‘ra, 3 ta holatda jami 87,3 million so‘m qurilish-ta’mirlash ishlari hajmiga qo‘shib yozish hamda 5 ta holatda jami 508,2 million so‘m ajratilgan kredit mablag‘lari maqsadsiz ishlatilganligi yoki talon-taroj qilinganligi, monitoring yuzasidan jami 595,5 million so‘mlik qonun buzilish holatlari va boshqa kamchiliklar mavjudligi aniqlangan. 

Jumladan, “Do‘stlik” MFYdagi “Do‘stlik uy-joylari” UJMSHda 18,8 million so‘m, “Obod chamanzor” UJMSHda 40,2 million so‘m qurilish-ta’mirlash ishlari hajmiga qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yilganligi hamda 196 million so‘m ajratilgan kredit mablag‘lari maqsadsiz ishlatilganligi yoki talon- taroj qilinganligi ma’lum bo‘ldi. 

“Buyuk ipak yo‘li” MFYdagi “Ipak yo‘li quruvchilari” UJMSHda  28,3 million so‘m qurilish ta’mirlash ishlari hajmiga qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yilganligi hamda 66,5 million so‘m ajratilgan kredit mablag‘lar maqsadsiz ishlatilgan yoki talon-taroj qilinganligi va “Obod qishlog‘im” UJMSHda 64,9 million so‘m ajratilgan kredit mablag‘lar maqsadsiz yoxud talon-taroj qilinganligi hamda “Buyuk ipak guzari” UJMSH da 52,8 million so‘m ajratilgan kredit mablag‘lari maqsadsiz talon-taroj qilinganligi ma’lum bo‘ldi. 

“Farg‘ona Dono Kommunalchi” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati jami 560 ta xonadondan iborat 34 ta ko‘p qavatli uyga texnik xizmat ko‘rsatadi. “Farg‘ona Dono Kommunalchi” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining 2018 yil 1 yanvar kungi yig‘ilish bayoniga asosan, xonadonlar umumiy maydonining har 1 m kv.ga 250 so‘m miqdorida majburiy badal to‘lovi hisoblangan. 

“Farg‘ona Dono Kommunalchi” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruvi tomonidan 2019 yil mobaynida naqd pul shaklida 46 million 622,9 ming so‘m, bank terminali orqali 17 million 530 ming so‘m, jami 64 million 152,9 ming so‘mlik kvitansiyalar tarqatilgan hamda qarzdorlik kitoblariga kiritilgan. 

Shirkatning bankdagi hisob raqamiga jami 47 million 935,5 ming so‘m mablag‘lar kelib tushgan. Ko‘rinib turibdiki, shirkat tasarrufidagi ko‘p qavatli uylardan yig‘ilgan naqd pul mablag‘laridan 16 million 217,4 ming so‘m mablag‘ shirkatning bankdagi hisob raqamiga topshirilmagan.  

Shuningdek, shirkat boshqaruvi tomonidan 2019 yil davomida jami 46 million 837,3 ming so‘mlik ta’mirlash, obodonlashtirish, nasos o‘rnatish va boshqa ishlarini bajarilganligi to‘g‘risida dalolatnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shundan 44 million 659,8 ming so‘mlik bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnomalarga sotib olingan qurilish mahsulotlar va jihozlarni narxini tasdiqlovchi hujjatlar (yuk xati) ilova qilingan.  

Bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnomalardan 2177,5 ming so‘miga sotib olingan qurilish mahsulot va jihozlar narxini tasdiqlovchi hujjatlar (yuk xati, xarid cheki) mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. 

2020 yil davomida shirkatning hisob raqamiga aholidan naqd pul shaklida 2 million 233 ming so‘m, bank terminali orqali 14 million 167,3 ming so‘m, hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan 1 million 117,6 ming so‘m, jami 17 million 517,9 ming so‘m mablag‘ kelib tushgan. Bu mablag‘lardan 3 million 210,9 ming so‘mi soliq va majburiy to‘lovlarga, 6 million 625,5 ming so‘mi kredit to‘lovi va foizlariga, 35 ming so‘mi bank xizmati uchun, davlat boji uchun 6 million 727,1 ming so‘m, ish xaqqi uchun 850 ming so‘m, jami 17 million 448,5 ming so‘m mablag‘ sarflangan. 

“Farg‘ona Dono Kommunalchi” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruvi tomonidan 2020 yil mobaynida naqd pul shaklida 30 million 656,4 ming so‘m, bank terminali orqali 9 million 597,3 ming so‘m, jami 40 million 253,7 ming so‘mlik kvitansiyalar tarqatilgan hamda qarzdorlik kitoblariga kiritilgan. Shirkatning bankdagi hisob raqamiga jami 17 million 517,9 ming so‘m mablag‘ kelib tushgan. Ko‘rinib turibdiki, shirkat tasarrufidagi ko‘p qavatli uylardan yig‘ilgan naqd pul mablag‘laridan 22 million 735,8 ming so‘m mablag‘ shirkatning bankdagi hisob raqamiga topshirilmagan. 

Shuningdek, shirkat boshqaruvi tomonidan 2020 yil davomida jami 26 million 613,6 ming so‘mlik ta’mirlash, obodonlashtirish, nasos o‘rnatish va boshqa ishlar bajarilganligi to‘g‘risida dalolatnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shundan 25 million 885,1 ming so‘mlik bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnomalarga sotib olingan qurilish mahsulot va jihozlar narxini tasdiqlovchi hujjatlar (yuk xati) ilova qilingan. Bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnomalardan 728,5 ming so‘miga sotib olingan qurilish mahsulot va jihozlar narxini tasdiqlovchi hujjatlar (yuk xati, xarid cheki) mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. 

2021 yil davomida shirkatning hisob raqamiga bank terminali orqali jami 4 million 217,7 ming so‘m mablag‘ kelib tushgan. Bu mablag‘lardan 949,3 ming so‘mi soliq va majburiy to‘lovlarga, 3 million 268,4 ming so‘m davlat boji uchun, jami 4 million 217,7 ming so‘m mablag‘ sarflangan. 

“Farg‘ona Dono Kommunalchi” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruvi tomonidan 2021 yil mobaynida naqd pul shaklida 65 million 574,3 ming so‘m, bank terminali orqali 14 million 306 ming so‘m, jami 79 880,3 ming so‘mlik kvitansiyalar tarqatilgan xamda qarzdorlik kitoblariga kiritilgan. Shirkatning bankdagi hisob raqamiga jami 4 million 217,7 ming so‘m mablag‘ kelib tushgan. Ko‘rinib turibdiki, shirkat tasarrufidagi ko‘p qavatli uylardan yig‘ilgan naqd pul mablag‘laridan 75 million 662,6 ming so‘m mablag‘ shirkatning bankdagi hisob raqamiga topshirilmaganligi aniqlandi. 

Shuningdek, shirkat boshqaruvi tomonidan 2021 yil davomida jami             41 million 164,9 ming so‘mlik ta’mirlash, obodonlashtirish, nasos o‘rnatish va boshqa ishlar bajarilganligi to‘g‘risida dalolatnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shundan 41 million 164,9 ming so‘mlik bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnomalarga sotib olingan qurilish mahsulot va jihozlar narxini tasdiqlovchi hujjatlar (yuk xati) ilova qilingan. 

“Farg‘ona Dono Kommunalchi” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruvi tomonidan 2019-2021 yillar davomida shirkatning hisob raqamiga aholidan naqd pul shaklida 16 million 595,3 ming so‘m, bank terminali orqali 44 million 910,4 ming so‘m, hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan 8 million 165,4 ming so‘m jami 69 million 671,1 ming so‘m mablag‘lar kelib tushgan. 

Bu mablag‘lardan 9 million 380,4 ming so‘mi soliq va majburiy to‘lovlarga,  36 million 507,3 ming so‘mi kredit to‘lovi va foizlariga, 125 ming so‘mi bank xizmati uchun, ish haqqi to‘lovlari uchun 13 million 460,5 ming so‘m, boshqa to‘lovlar uchun 10 million 466,5 ming so‘m, jami 69 million 939,7 ming so‘m mablag‘ sarflangan. 

“Farg‘ona Dono Kommunalchi” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruvi tomonidan 2019-2021 yillar davomida naqd pul shaklida 142 853,6 ming so‘m, bank terminali orqali 41 million 433,3 ming so‘m, jami 184 million 286,9 ming so‘mlik kvitansiyalar tarqatilgan xamda qarzdorlik kitoblariga kiritilgan. 2019-2021 yillar davomida shirkatning bankdagi hisob raqamiga jami 69 million 671,1 ming so‘m mablag‘ kelib tushgan.  

Ko‘rinadiki, shirkat tasarrufidagi ko‘p qavatli uylardan yig‘ilgan naqd pul mablag‘laridan 114 million 615,8 ming so‘m mablag‘ shirkatning bankdagi hisob raqamiga topshirilmaganligi aniqlandi. 

Shuningdek, shirkat boshqaruvi tomonidan 2019-2021 yillar davomida jami 114 million 615,8 ming so‘mlik ta’mirlash, obodonlashtirish, nasos o‘rnatish va boshqa ishlarini bajarilganligi to‘g‘risida dalolatnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shundan 111 million 709,8 ming so‘mlik bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnomalarga sotib olingan qurilish mahsulot va jihozlar narxini tasdiqlovchi hujjatlar (yuk xati) ilova qilingan.  

Bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnomalardan 2 million 906 ming so‘miga sotib olingan qurilish mahsulot va jihozlar narxini tasdiqlovchi hujjatlar (yuk xati, xarid cheki) mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. 

“Farg‘ona Dono Kommunalchi” xususiy uy-joy mulkdorlar shirkati boshqaruvi tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risida rasmiylashtirilgan dalolatnomalarning 2 million 906 ming so‘miga sotib olingan qurilish mahsulot va jihozlar narxini tasdiqlovchi hujjatlar (yuk xati, xarid cheki) mavjud emasligi aniqlandi. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, shirkat boshqaruvi tomonidan buxgalteriya hisobotlari belgilangan tartibda yuritilmagan. Kassa intizomi qo‘pol ravishda buzilib, jami 2 million 906 ming so‘m mulkdorlardan yig‘ilgan naqd pul mablag‘lari maqsadsiz ishlatib yuborilgan. 

Aniqlangan kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida, tegishli hujjatlar huquqni muhofoza qiluvchi organlarga yuborildi. 

Shahnoza Mamaturopova,  
O‘zA muxbiri