“Paxtakor” safardan 3 ochko bilan qaytmoqda
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 26-tur uchrashuvlarining ilk kunida "Buxoro" – "So‘g‘diyona" va “Xorazm” – “Paxatakor” jamoalari o‘rtasida o‘yin o‘tkazildi.
Dastlab, “Buxoro” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni 2:0 hisobida taslim etdi. Uchrashuvdagi ikkala gol Izzatillo Po‘latov tomonidan 8-14-daqiqalarda kiritildi. Natijada “Buxoro” ochkolarini 26 taga yetkazib, 13-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” 31 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi.

“Xorazm” o‘z maydonida “Paxtakor” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvning 77-daqiqasida poytaxt klubi a’zosi Ibrohim Ibrohimov hisobni ochdi va jamoasining 0:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi. Ushbu g‘alabadan so‘ng “Paxtakor” 52 ochko bilan 3-pog‘onadagi o‘rnini yanada mustahkamladi. “Xorazm” esa 26 ochko bilan 14-o‘ringa tushib ketdi.
Bugun, 24 oktyabr kuni 26-tur doirasida “Qizilqum” va “Dinamo” jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA