Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Paxtakor” safarda durang o‘ynadi
12:35 / 2015-04-08

Osiyo chempionlar ligasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Toshkentning “Paxtakor” jamoasi to‘rtinchi turda safarda Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ayn” klubi mehmoni bo‘ldi.

Osiyo chempionlar ligasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Toshkentning “Paxtakor” jamoasi to‘rtinchi turda safarda Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ayn” klubi mehmoni bo‘ldi.

“B” guruhidan joy olgan mazkur bahs har ikki jamoa uchun muhim ahamiyatga ega edi. Shu bois uchrashuv keskin va murosasiz kechdi. O‘yinning 20-daqiqasida mezbonlar vakili Kembo Ekoko hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada “Paxtakor” jamoasi a’zosi Aleksandr Merzlyakov tomonidan oshirilgan to‘pni hujumchimiz Igor Sergeyev boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi – 1:1.

Ikkinchi bo‘limda hisob o‘zgarmadi. Shu tariqa guruh bahslarida besh ochkoni qo‘lga kiritgan “Paxtakor” vakillari beshinchi tur uchrashuvini 22-aprel kuni safarda Eronning “Naft Tehron” klubiga qarshi o‘tkazadi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Saudiya Arabistonining “Al-Shabab” jamoasi o‘z maydonida “Naft Tehron” jamoasiga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.