English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Paxtakor” O‘zbekiston kubogini ko‘zlamoqda
10:47 / 2025-08-27

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogida chorak final bellashuvlari davom etmoqda. Ushbu bosqichning ikkinchi uchrashuvida “Paxtakor” va “Mash’al” jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.

Toshkentdagi “Jar” stadionida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvning 10 va 45-daqiqalarida Flamarion dubl qayd etib, mezbonlarni 2:0 hisobida oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarning to‘rtinchisida Igor Sergeyev “Paxtakor” jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘limning 84-daqiqasida Humoyun Murtazoyev hisobni qisqartirdi. Shu tariqa, ushbu o‘yin 3:1 hisobida yakunlandi.

Bugun, 27 avgust kuni Samarqandda “Dinamo” – “Sho‘rtan” hamda Toshkentda “Bunyodkor” – “Buxoro” jamoalari o‘zaro  raqobatlashadi. Uchrashuvlar soat 18:30 va 19:30 da boshlanadi.    

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA