Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Paxtakor” OCHLning alamini endi superligadan oladimi?
21:30 / 2019-05-26

Oʻzbekiston superligasida 10-tur oʻyinlari yakunlandi.


Oʻzbekiston superligasida 10-tur oʻyinlari yakunlandi. Yakshanba oqshomida Toshkentning “Paxtakor” klubi mavsumni ancha boʻsh oʻtkazayotgan AGMK jamoasini qabul qildi va yirik gʻalabaga erishdi.

Shuni taʼkidlash kerak “sherlar” uchrashuvni uch nafar hujumchi bilan boshladi va bu bilan ular AGMKga hujumkor futbol taklif qilmoqchi ekanligini yashirib oʻtirmadi. Oʻyinda hisob 5-daqiqadayoq ochildi. Ushbu vaziyatda Masharipov boshlagan hujum keskin tus oldi va asta-sekin asosiy tarkibdagi oʻrnini qaytib olishga harakat qilayotgan Igor Sergeyev aniq zarba bilan toʻpni darvozaga joylab qoʻydi - 1:0. Bu paytda muxlislar hattoki oʻrniga joylashib ham ulgurmagan edi.

Oradan koʻp oʻtmay yana oʻsha Masharipov boshlagan hujum Sergeyev-Cheran ijrosidagi kombinatsiyadan keyin Dragan toʻpni olis burchakka aniq yoʻlladi. Bu Cheranning superligadagi 10-goli edi va u toʻpurarlar bahsida ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda.

DSC_5951-1848x1228.JPG

Shundan keyin ham maydon egalari tashabbusni qoʻlida saqlab turdi. AGMK esa bu oqshom oʻzining eng yomon oʻyinlaridan birini koʻrsatdi va haqli ravishda yirik magʻlubiyatni qabul qilib oldi.

Mezbonlar 32-daqiqada yana oʻsha Masharipovning aniq toʻp oshirishidan keyin hisobni 3-0ga oshirdi. Bu safar jamoa sardooi Marko Simi oʻzini koʻrsatdi va jamoalar shu hisob bilan tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi boʻlimni mehmonlar faol boshladi va darhol hisobni qisqartirishning uddasidan chiqdi.

49-daqiqada Mirgʻiyos Sulaymonovning raqib jarima maydoniga oshirgan toʻpini Zafar Polvonov boshi bilan darvozaga aniq yoʻlladi - 3:1. Bu AGMK hujumchisining mavsumdagi yettinchi goli edi. Biroq bundan ortigʻiga mehmonlarning qurbi yetmadi. Aksincha, 76-daqiqada Jahongir Ahmadov boshlagan hujumni Marat Bikmayev rivojlantirdi va jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba bilan darvozani ishgʻol qildi - 4:1.

Shu tariqa “Paxtakor” 26 ochko bilan peshqadamlik mavqeini mustahkamladi.

DSC_6009-1848x1228.JPG

DSC_6019-1848x1228.JPG

DSC_6038-1848x1228.JPG

DSC_6050-1848x1228.JPG