English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Paxtakor” – o‘n bir karra O‘zbekiston chempioni
14:41 / 2015-11-23

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXIV milliy chempionati oliy ligasi bahslari yakunlandi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXIV milliy chempionati oliy ligasi bahslari yakunlandi.

Oliy ligada o‘n olti jamoa o‘zaro kuch sinashdi. Chempion jamoa so‘nggi turda aniqlandi. Bu millionlar o‘yini mamlakatimizning barcha hududida izchil rivojlanayotgani, professional futbol klublarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, charm to‘p ustalarining mahorati va tajribasi oshib borayotganidan dalolatdir.

Toshkentning ikki jamoasi – “Paxtakor” va “Lokomotiv” musobaqalar davomida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, chempionlik uchun da’vogarlik qildi.

Oliy liganing o‘ttizinchi turidan joy olgan so‘nggi ikki uchrashuvda “Paxtakor” “Andijon” jamoasini 6:0, “Lokomotiv” esa Namanganda “Navbahor”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa 75 ochko to‘plagan “Paxtakor” jamoasi O‘zbekiston milliy chempionati tarixida o‘n birinchi bor chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Joriy mavsumda O‘zbekiston kubogi g‘olibi bo‘lgan Qarshining “Nasaf” jamoasi chempionatni uchinchi, poytaxtning yana bir jamoasi – “Bunyodkor” to‘rtinchi o‘rinda yakunladi.

So‘nggi turda Jizzaxda “So‘g‘diyona”ni 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Buxoroning “Buxoro” jamoasi ochkolarini 26 taga yetkazib, 15-pog‘onaga ko‘tarildi. Chempionatni 25 ochko bilan yakunlagan Samarqandning “Dinamo” klubi esa so‘nggi pog‘onadan joy oldi.