Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Paxtakor”ning g‘alabasi
16:21 / 2015-06-01

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXIV milliy chempionati oliy ligasi o‘n birinchi turining markaziy uchrashuvi Toshkentning “Paxtakor” va “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

4C (4).jpg
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXIV milliy chempionati oliy ligasi o‘n birinchi turining markaziy uchrashuvi Toshkentning “Paxtakor” va “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

“Paxtakor” markaziy stadionida o‘tgan o‘yinning 69-daqiqasida Igor Sergeyev “Bunyodkor” darvozasiga to‘p kiritib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Poytaxtning yana bir jamoasi – “Lokomotiv” safarda Buxoroning “Buxoro” klubini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Temiryo‘lchi”larga g‘alaba keltirgan gollarga Oleg Zoteyev, Lutfulla To‘rayev va Jasur Hasanov mualliflik qildi. 

Qarshida o‘tkazilgan “Nasaf” va “So‘g‘diyona” (Jizzax) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda maydon egalari 3:1 hisobida ustun keldi. Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi “Andijon” klubi mehmoni bo‘lib, raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi. Sardor Rahmonov, Sherzod Hakimov, Akmal Xolmatov va Murod Bobojonovning gollari farg‘onaliklarning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

“Dinamo” (Samarqand) o‘z maydonida “Mash’al”ga (Muborak) 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi, “Qizilqum” (Navoiy) va “Sho‘rtan” (G‘uzor) jamoalari o‘rtasidagi bahs navoiyliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “Olmaliq” jamoasi (Olmaliq) Bekobodning “Metallurg” klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Namanganning “Navbahor” klubi “Qo‘qon – 1912” (Qo‘qon) jamoasini 1:0 hisobida yengdi.