French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Paxtakor" muhim o‘yinda g‘alaba qozondi
10:35 / 2026-03-05

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superliganing 2-tur o‘yinlarining ilk kunida "Qo‘qon-1912" o‘z uyida "Paxtakor"ni qabul qilgan bo‘lsa, "Qizilqum" Navoiyda "Andijon" bilan raqobatlashdi.

Qo‘qon shahridagi “Markaziy” stadionida tashkil etilgan "Qo‘qon-1912" — "Paxtakor" klublari o‘rtasidagi o‘yin 1:2 hisobida yakunlandi. Poytaxt klubi ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 6 taga yetkazib oldi. "Qizilqum" esa 2:1 hisobida "Andijon" ustidan zafar quchdi va o‘zining ilk 3 ochkosiga ega bo‘ldi va “Andijon”ga yetib oldi.

Milliy chempionatimiz doirasida bugun, 5-mart kuni “Navbahor” —  “Buxoro” (19:00),  “Mash’al” — “Lokomotiv” (19:15), “Surxon” —  “Neftchi” (19:15) jamoalari bahsi bo‘lib o‘tadi.  

Ma’lumot uchun, Toshkent shahridagi  “Olimpiya” stadionida tashkil etiladigan mazkur uchrashuvga qadar klublar Superliga (oliy liga) o‘yinlarida 62-marta o‘zaro ro‘baro‘ kelgan. Ushbu 62 ta bahsdan 35 tasida namanganliklar g‘alaba qozongan bo‘lsa, 17 ta uchrashuvda buxoroliklar zafar quchgan,  10 ta o‘yin durang bilan yakunlangan. “Navbahor” ushbu o‘ynlarda  112 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 67-marta to‘p olib chiqqan.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA