Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Paxtakor“ kutilmaganda ochko yo‘qotdi
08:34 / 2024-11-10

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 24-turidan o‘rin olgan “Nasaf“ – “So‘g‘diyona“ uchrashuvi 0:1 hisobida yakunlandi.

Qarshi shahridagi “Markaziy“ stadionida o‘tkazilgan uchrashuvdagi yagona golga “So‘g‘diyona“ jamoasi a’zosi Stanislav Andreyev 90+1 daqiqada mualliflik qildi. Mazkur g‘alabadan so‘ng, ushbu klub ochkolarini 40 taga yetkazib,  uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Namangandagi “Markaziy“ stadionida o‘tkazilgan “Navbahor“ va “Paxtakor“ klublari bahsi 5:2 hisobida yakunlandi. Gollarga boy o‘tgan ushbu o‘yindan so‘ng “Lochinlar“ turnir jadvalida 39 ochko jamg‘arib, to‘rtinchi pog‘onaga chiqib olgan bo‘lsa, “Sherlar“ 38 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi.

Shuningdek, ushbu turda “Surxon“ hamda “Neftchi“ o‘rtasidagi to‘qnashuvda hisob ochilmadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi. Bugun, 10 noyabr kuni Superliga 24-turining so‘nggi o‘yini “Andijon“ – “Qizilqum“ jamoalari o‘rtasida kechadi. Uchrashuv “Bobur arenada” soat 17:00da start oladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA