French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Paxtakor” jamoasining navbatdagi raqibi — “Rubin”
11:04 / 2026-02-13

Xabaringiz bor, Toshkentning Paxtakor jamoasi shu kunlarda Antaliya shahrida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan poytaxt klubi Ukrainaning "Epitsentr" hamda "Obolon" klublariga qarshi bir kunda maydonga tushdi. E’tiborlisi, ushbu uchrashuvlarda bosh murabbiy Kamoliddin Tojiyev ikki xil tarkibni to‘liq 90 daqiqadan sinovdan o‘tkazdi. Natijada “Paxtakor” dastlab “Epitsentr”ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, “Obolon” bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Endi Toshkent jamoasi 15-fevral kuni Rossiya Premer-ligasida birinchi davra yakunlariga ko‘ra 7-o‘rinda borayotgan "Rubin" klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Mazkur bahsda “Paxtakor”ning asosiy tarkib o‘yinchilari maydonga tushishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mamlakat kubogining amaldagi g‘olibi bo‘lib turgan “Paxtakor” joriy yilgi O‘zbekiston Superligasining ilk turida "Qizilqum" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA