Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Paxtakor” jamoasida murabbiy va futbolchilar muloqoti bo‘lib o‘tdi
10:59 / 2025-01-05

Toshkentning “Paxtakor“ jamoasiga yaqinda bosh murabbiy etib tayinlangan portugaliyalik Pedru Morreyra Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tayotgan yig‘in davomida futbolchilar bilan yaqindan tanishdi.

“Paxtakor” futbol klubi raisining o‘rinbosari Dilshod Karimov murabbiy va futbolchilar tanishuvi jarayonida jamoa a’zolari bir tanu, bir jon bo‘lib muxlislarga yoqadigan chiroyli o‘yin namoyish etishi zarurligini, “Paxtakor“ning shonli tarixidagi yorqin g‘alabalarni takrorlash fursati kelganini ta’kidladi.

Bosh murabbiy Moreyra “Paxtakor“ o‘zbek futbolining ustuni ekanligini, bunday jamoada ishlash sharafligini bildirib, barcha vazifalar o‘z vaqtida bajarilsa natija ham shunga yarasha bo‘lishini aytib o‘tdi.

Klub matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Turkiyada o‘tkazilayotgan yig‘inga Vladimir Nazarov, Nikita Shevchenko, Hojiakbar Alijonov, Dilshod Saitov, Muhammadrasul Abdumajidov, Abdulla Abdullayev, Shahzod Azmiddinov, Muhammadqodir Hamraliyev, Umar Adhamzoda, Muhammadali Usmonov, Diyor Ortiqboyev, Sardor Sobirxo‘jayev, Abdurauf Bo‘riyev, Diyor Xolmatov, Ibrohim Ibragimov, Dostonbek Hamdamov, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Ulug‘bek Hoshimov, Igor Sergeyev kabi futbolchilar jalb etilgan. Mashg‘ulotlar davomida bir qator legioner futbolchilar ham ishtirok etishi kutilmoqda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA