Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Paxtakor» g‘alabani qo‘ldan boy berdi
09:36 / 2024-05-21

Superliganing 8-turidan o‘rin olgan «Dinamo» va «Paxtakor» uchrashuvi jangovar 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Ushbu o‘yinda dastlab, Cheran penaltidan gol urgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Kojo hisobni tenglashtirdi. Bu natijadan so‘ng poytaxt klubi turnir jadvalida 5, samarqandliklar esa 12-pog‘onaga joylashdi.

Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida o‘tkazilgan «Surxon» — «Nasaf» jamoalari o‘yinida «Nasaf» klubi a’zosi Marushich 21-daqiqada gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi va o‘yin so‘ngiga qadar ushbu gol yagonaligicha qoldi.  

Bu g‘alaba «Nasaf» klubi uchun o‘zaro o‘yinlardagi 26-g‘alaba bo‘ldi. Aniqrog‘i, «Surxon» — «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlar hisobi 26:1 bo‘ldi va ushbu uchrashuvlardagi to‘plar nisbati 70:20 ko‘rinishini oldi. Shu tariqa, «Nasaf» Superligada 15 ochko to‘plab, ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi. «Surxon» esa 9-o‘rinda qoldi.  

Bugun, 21 may kuni 8-turning oxirgi o‘yini «Bunyodkor» va «Lokomotiv» o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur "poytaxt derbisi" mahalliy vaqt bilan 19:00da boshlanadi.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA