Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Paxtakor” g‘alaba qozonib, pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi
21:27 / 2025-02-17

Osiyo Elit chempionlar ligasi umumiy bosqichining 8-turi doirasida “Paxtakor” va “Al-Sadd” klublari o‘zaro raqobatlashdi.

Poytaxtimizdagi JAR stadionida o‘tgan ushbu o‘yinda jamoamiz 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

“Paxtakor”ga g‘alaba keltirgan gollarga Riaskos mualliflik qildi. Shu tariqa 8-turda qayd etilgan natijadan so‘ng Toshkent klubi ochkolarini 7 taga yetkazib oldi.

“Paxtakor” klubining pley-offda qatnashish yoki qatnashmasligi “Persepolis” – “Al-Nasr” va “Al-Rayyan” – “Istiqlol” jamoasi o‘rtasidagi bahslar natijasidan so‘ng aniq bo‘ladi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA