Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Paxtakor" futbol akademiyasi O‘zbekiston rekordini o‘rnatdi
08:27 / 2025-12-02

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan o‘tkazilgan U-19 musobaqasi finalida "Nasaf"ni mag‘lubiyatga uchratgan "Paxtakor" akademiyasi O‘FA kubogining navbatdagi yosh toifalarida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

O‘zPFL dan keyingi 4 ta yosh bo‘yicha musobaqalarni O‘FA o‘tkazdi va unda bu yil 2009, 2010, 2011 hamda 2012 yillarda tavallud topgan futbolchilar bosh sovrin uchun kurash olib bordi.

Dastlab "Paxtakor"ning 2012-2011 yillarda tavallud topgan futbolchilari guruhdan chiqqanidan keyin "Odil Ahmedov" akademiyasini 8:0 hisobida tor-mor keltirib, turnirdagi eng yirik g‘alabani qayd etdi. 2012 yillar jamoasi esa "Nasaf"ni 2:0 hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Yarim finalda U-13 "Bunyodkor"ni penaltilar seriyasida dog‘da qoldirdi.

2011 yillar bahsining Toshkent derbisida 2:0 hisobda oldinda borayotgan “Paxtakor” yakunda 3 ta gol o‘tkazib yubordi.

2009 va 2010 yillarda tavallud topgan futbolchilar o‘rtasidagi final bosqichini 9 ochko bilan yakunlagan paxtakorchilar chorak finallarda g‘alaba qozondi. U-16 "Nasaf" ustidan 5:2 hisobda, 2010 yilda tavallud topganlar esa "Lokomotiv"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. 1/2 finalda yana Toshkent derbisi, "Paxtakor" – "Bunyodkor". Ikkisida ham Abduraimov va Qosimov izdoshlari g‘alabani tantana qildi.

Shu tariqa "Paxtakor" futbol jamoasi yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan 5 ta musobaqaning 4 tasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, bittasida uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi.

Ayni natija o‘zbek futbolining afsonalariga beshik bo‘lgan jamoada yangi iste’dodlar kamolga yetayotganidan dalolat, deyish mumkin.

T.Ro‘ziyev, O‘zA