English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Paxtakor” chempionat peshqadami
15:17 / 2015-07-02

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXIV milliy chempionati oliy ligasi o‘n beshinchi tur uchrashuvlari bilan birinchi davra yakunlandi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXIV milliy chempionati oliy ligasi o‘n beshinchi tur uchrashuvlari bilan birinchi davra yakunlandi.

Birinchi davraning so‘nggi tur o‘yini kutilmagan natija bilan boshlandi. G‘uzorning “Sho‘rtan” klubi o‘z maydonida Bekobodning “Metallurg” jamoasidan 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Toshkentning “Paxtakor” jamoasini qabul qilgan Andijonning «Andijon» klubi raqibga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

“Qo‘qon – 1912” (Qo‘qon) va “Bunyodkor” (Toshkent) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning 77-daqiqasida mehmonlar vakili Dostonbek Hamdamov raqib darvozasini aniq nishonga olib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. «Lokomotiv» (Toshkent) va «Navbahor» (Namangan) jamoalari o‘rtasidagi bahs temiryo‘lchilarning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

“Olmaliq” (Olmaliq) klubi vakillari “Dinamo” (Samarqand) jamoasini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, joriy yilgi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rganini isbotladi. Mezbonlar tarkibida Nikita Pavlenko “dubl” qayd etgan bo‘lsa, uchinchi golga Kamoliddin Murzoyev mualliflik qildi. “Olmaliq” ushbu g‘alabadan so‘ng turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.

“Buxoro” (Buxoro) jamoasi o‘z maydonida «So‘g‘diyona» (Jizzax) klubini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, mavsumdagi ilk g‘alabasini nishonladi. Qarshining “Nasaf” jamoasi Muborakning “Mash’al” klubini 3:0 hisobida yengdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 32 taga yetkazgan qarshiliklar turnir jadvalining to‘rtinchi o‘rnida bormoqda. “Qizilqum” (Navoiy) va “Neftchi” (Farg‘ona) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda hisob ochilmadi.

O‘n beshinchi tur natijasiga ko‘ra, 37 ochko bilan «Paxtakor» jamoasi chempionatda peshqadamlik qilmoqda. Undan bir ochko ortda borayotgan «Lokomotiv» jamoasi ikkinchi, 33 ochko jamg‘argan “Neftchi” klubi uchinchi o‘rinda bormoqda.