Xorazm viloyatida so‘nggi yillarda urug‘chilik sohasini rivojlantirish borasida bir qator davlat dasturlari va yangi loyihalarning sohaga tadbiq etilishi natijasida urug‘lik chigitning sifati yaxshilanib bormoqda.
Mamlakatimizda xorijiy g‘o‘za navlarini umumiy paxta maydonining o‘n foizigacha joylashtirishga ruxsat etilgan. Joriy yilda viloyatda 505 ta sub’ekt tomonidan tayyorlangan asosan Xitoy seleksiyasiga mansub “XinLuZao-78”, Turkiyaning “Livzara”, “Eliza” kabi xorijiy g‘o‘za navlari ekilgan.
Chet el tajribasi asosida 30 mart kuni plyonka ostiga ekilgan paxta ko‘chatlari rivojlanishda mahalliy navlarga nisbatan 15 kun oldinlagan.
Bundan tashqari, mineral o‘g‘it sarfi ham sezilarli tejalgan. Terim mavsumida ushbu dalalardan 60-70 sentnergacha hosil olish ko‘zlangan bo‘lib, bu borada mirishkorlar tomonidan zaruriy agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda.
Xorazm viloyat hokimi o‘rinbosari O‘ktam Masharipov tuman rahbari Ulug‘bek Davlatov hamrohligida Xonqadagi "Baxtiyor Maryam" fermer xo‘jaligi paxta dalalarida bo‘lib, fermerlar bilan muloqot olib bordi.
– Tumandagi 169 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 10 ming gektar maydonga qadalgan chigit hosilini bermoqda, – deydi Xonqa tumani hokimi Ulug‘bek Davlatov. – Barcha sohalardagi singari paxtachilikda ham chet el tajribalarini qo‘llash o‘zini oqlamoqda. Xususan, Xitoy hamda Turkiya davlatidan olib kelingan urug‘lar ekilgan dalalar bugun hosilga kirdi. Mahalliy navlarga qaraganda ham iqlimga, ham hasharotga chidamliligi bu tajribaning to‘g‘ri ekanligidan dalolat.
Muloqot davomida o‘tgan yillardagi tajribalar sarhisob qilinib, paxta ko‘chatlarini oziqlantirish, zararkunandalardan himoya qilish borasida zaruriy ko‘rsatmalar berildi.
[gallery-23504]
Albatta, belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi joriy yilda viloyat mirishkorlari tomonidan paxtadan yuqori hosil olinishiga zamin yaratadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/RJvd0KVYy0s" title="Paxtachilikdagi yangi tajriba o‘zini oqlamoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov(surat, video), O‘zA muxbirlari