Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paxtachilikda Xitoy navlari keng joriy etiladi
16:17 / 2025-11-04

Paxtachilikda suv tejovchi texnologiyalar hamda xorijiy ertapishar, serhosil navlar hosildorlik samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Joriy yilda Namangan viloyatidagi 28 ming gektar maydonga chet el davlatlaridan keltirilgan serhosil chigit navlari ekilgani o‘z samarasini berdi. Ayniqsa, Xitoy Xalq Respublikasining “Tianye plastic” kompaniyasi bilan hamkorlikda sinov o‘tkazilgan hududlarda yuqori hosildorlikka erishildi. 

Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov hamda Xitoyning “Tianye plastic” kompaniyasi direktori Li Juo Dong o‘rtasida bo‘lib o‘tgan rasmiy muloqotda qishloq xo‘jaligi sohasida Shinjon usulida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, kelgusi yil paxta hosili uchun rejalashtirilgan chigit ekiladigan maydonlarga yetarli urug‘lik chigitni olib kelish kabi masalalar muhokama qilindi. 

Investorning ta’kidlashicha, Shinjon usulida hozirga qadar To‘raqo‘rg‘on tumanida yaxshi natijalarga erishildi. Bu yil Uchqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tajribalar ham samarali bo‘ldi, shu bois bu hududda ushbu usul yanada ommalashtiriladi. Tomchilatib sug‘orish faqatgina paxtachilikda emas, g‘alla va takroriy ekinlardan mo‘l hosil ko‘tarishda ham o‘z afzalliklarini amalda isbotladi.

[gallery-26074]

Namanganda ko‘p yillardan buyon hamkorlikda faoliyat yuritib kelayotgan mazkur kompaniya tomonidan endilikda o‘z tajribali agronomlarini ham jalb etib, xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash yuzasidan rejalar bildirildi. 

Viloyat hokimi xorijiy g‘o‘za navlari ekiladigan maydonlarni yanada kengaytirishni rejalashtirilayotgani, buning uchun chetdan olib kelinadigan urug‘lik sifatiga alohida e’tibor qaratish zrurligini qayd etdi. 

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA.