Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paxtachilik istiqboliga bag‘ishlandi
16:05 / 2019-03-27

Paxta xom ashyosining yalpi hajmini keskin kamaytirmagan holda sifatini yaxshilash, imkon qadar katta qismini mamlakatimizda qayta ishlash muhim vazifalardan biridir.


Paxta xom ashyosining yalpi hajmini keskin kamaytirmagan holda sifatini yaxshilash, imkon qadar katta qismini mamlakatimizda qayta ishlash muhim vazifalardan biridir.

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida bo‘lib o‘tgan ”Qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti: qonunchilik, texnologiyalar va innovatsiyalar” mavzusidagi seminarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, xususan, paxtachilik istiqboli haqida so‘z bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Innovatsion rivojlanish, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Toshkent davlat agrar universiteti mas’ullari va sohaga aloqador viloyat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish doimo dolzarb vazifa hisoblangan. Boisi, mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash vazifasi mazkur soha rivojiga bog‘liq. Sohani barqaror rivojlantirish uchun esa innovatsion faoliyatni kengaytirish lozim. Bu borada mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasining yetakchi tarmoqlaridan bo‘lgan paxtachilik yo‘nalishida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mazkur yo‘nalishda ilg‘or tajriba va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda qator oralatib, egiluvchan quvurlar va tomchilatib sug‘orish tizimi keng joriy etilmoqda.

Tadbirda qayd etilganidek, paxtachilikni rivojlantirish, xususan, sohaga innovatsion g‘oya va texnologiyalarni jalb etish mavjud mehnat, yer, suv va boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini yaratadi.

Amaliy muloqotda paxta yetishtiruvchi yetakchi davlatlar, jumladan, AQSh va Hindistonning ilg‘or tajribasi o‘rganilib, uning qaysi jihatlaridan foydalanish mumkinligi haqida fikr almashildi.

Anjumanda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni zamonaviy talablar asosida innovatsion tashkil etish, agrar sohani isloh qilishda uning huquqiy asoslarini takomillashtirish, texnik va texnologik yangilash hamda zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish kabi masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.