English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paxtachida oltinni noqonuniy qazib olish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ushlandi
15:33 / 2022-04-09

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda tarkibida sof oltin moddasi bo‘lgan ruda toshlarni talon-taroj qilish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qo‘lga olindi.

Paxtachi tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan D.A. va 1992 yilda tug‘ilgan B.Sh.ning yashash xonadonlarida noqonuniy ravishda tarkibida oltin moddasi mavjud bo‘lgan taxminan 7,5 tonna ruda toshlar, 4 ta qum tegirmoni hamda 1 ta qum quritish pechi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida xujjatlashtirib olindi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA