French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paxtachi tumaniga yangi hokim tayinlandi
16:33 / 2025-02-26

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

2019 yil may oyidan buyon Paxtachi tumaniga rahbarlik qilgan Muzaffar Hamdamov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi.

Shu paytgacha Samarqand viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari vazifasida ishlagan Qayum Norbekovich Xushbaqov Paxtachi tumani hokim etib tayinlandi. 

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri