Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paxta yig‘im-terimi mavsumi muhim palla
16:57 / 2022-09-26

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan inspeksiyaning hududiy boshqarma va tumanlar bo‘limlari zimmasiga paxta xom- ashyosi va undan qayta ishlangan mahsulotlarni qabul qiluvchi, saqlovchi va ishlovchi korxonalarning texnik holati yuzasidan nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.

Mazkur qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, mavjud 13 ta paxta-to‘qimachilik klasteri tizimidagi 38 ta paxta qabul qilish maskanida joriy va kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, paxtani qabul qilishga shay holatga keltirildi. Shuningdek, paxta yig‘im-terimi uchun brezent, terim etagi, avto yopgichlar va urug‘lik paxta uchun qanor qoplar kabi zaruriy inventarlar zaxirasi yaratildi.

Inspeksiya boshlig‘ining 2022 yil 31 avgustdagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida fermer xo‘jaliklari, klasterlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga paxta mahsuloti yetishtirish bo‘yicha tuzilgan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishida, ishonchli hisobotlar yuritilishida hamda miqdori va sifati bo‘yicha qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilishining oldini olishda amaliy yordam ko‘rsatish, o‘zaro nizolarni joyida hal etish yuzasidan tumanlarda amaliy o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Seminarlarda boshqarmaning paxtachilik tarmog‘ida faoliyat yuritib kelayotgan xodimlari, tuman bo‘limlari boshliqlari, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi filiali rahbari hamda mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 6 martdagi “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq sohada amalga oshirilgan islohotlar, paxta yetishtiruvchi fermerlarni o‘z mehnati natijalariga to‘liq egalik qilgan holda, tadbirkor sifatida iqtisodiy erkin faoliyat yuritishi uchun keng sharoitni yaratish kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bo‘ldi. Shuningdek, Inspeksiya boshlig‘ining 2022 yil 31 avgustdagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator qishloq xo‘jaligiga aloqador bo‘lgan tashkilotlar bilan hamkorlikda, paxta yetishtiruvchi tumanlarda paxtani topshiruvchi va qabul qiluvchi xo‘jaliklar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizoli masalalarni joyida hal etish bo‘yicha tashkil etilgan “Arbitraj” guruhlarining vazifalari batafsil tushuntirildi.

Paxtaning sifat ko‘rsatkichlarni aniqlash bo‘yicha metodik qo‘llanmalar tarqatildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA