Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paxta va don qabul qilishda elektron hisob yuritish tartibi joriy etiladi
10:55 / 2025-09-11

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Paxta va don qabul qilish hamda uning elektron hisobini yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Paxta va don qabul qilish hamda uning elektron hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Nizomda: 

paxta va don qabul qilish axborot tizimlarining maqsadi, asosiy vazifalari hamda texnik operator va foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari;

paxta va don qabul qilish axborot tizimlarida ro‘yxatdan o‘tish, elektron hujjatlar aylanishi hamda texnik xizmatlar ko‘rsatish tartibi belgilab berilgan. 

Qarorga ko‘ra, paxta va don qabul qilish hamda uning elektron hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq paxta va don qabul qiluvchi korxonalar bilan birgalikda paxta va don qabul qilish maskanlarining kuzatuv kameralari, zamonaviy kompyuter qurilmalari va uzluksiz elektr energiyasi (quyosh panellari, dizel va benzin generatorlari, UPS qurilmalari) bilan ta’minlanadi. 

Paxta va don qabul qilish maskanlari belgilangan tartibda barqaror va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanadi hamda paxta va don qabul qilish jarayonlarida uzilishlarning oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib ta’minlanadi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda don qabul qilish maskanlaridagi elektron tarozilar o‘lchovlari har yili 10 mayga va paxta qabul qilish maskanlaridagi elektron tarozilar o‘lchovlari har yili 10 avgustga qadar sinovdan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 

Paxta va don qabul qilish jarayonlarida ishtirok etuvchi tarozibon, laboratoriya xodimlari va boshqa xodimlarda “Agrotarozi”, “Hosil qabuli” va “AgroDocs” axborot tizimlari bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalar doimiy shakllantirib boriladi.

O‘zA