Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paxta terimida faollik ko‘rsatayotgan ayollarga maishiy texnikalar topshirildi
13:09 / 2023-09-21

Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov Uchqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, paxta dalalaridagi yig‘im-terim jarayonlari bilan tanishdi. Terimchilar bilan dildan suhbat qurdi.

Ta’kidlash joiz, joriy yil tumanda 9 ming 82 gektar maydonda paxta yetishtirildi. 222 ta fermer xo‘jaligi maydonlarida pishib yetilgan paxta hosilini uyushqoqlik bilan yig‘ib-terib olish uchun 15 mingdan ziyod terimchi jalb etilgan. Shuningdek, 26 ta zamonaviy “John Deere” rusumli paxta terim mashinalarida terim ishlari olib borilmoqda.

[gallery-13655]

Viloyat rahbari terimchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, jarayonda jonbozlik ko‘rsatayotgan terimchi ayollarga sovg‘alar – maishiy texnikalarni topshirdi.

O‘zA fotomuxbiri

Hotam MAMADALIEV olgan suratlar