Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paxta qabul qilish maskani ish boshladi
17:32 / 2022-09-09

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida qiymati 10 million dollarlik zamonaviy qishloq xo‘jaligi majmuasi qurilishining dastlabki bosqichida paxta qabul qilish maskani foydalanishga topshirildi.

“Qorayantoq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joriy yil iyun oyida zamonaviy paxta qabul qilish maskani, paxta tozalash zavodi, biolaboratoriya va “Agrotex” majmuasi qurilishiga tamal toshi qo‘yilgan edi.

Qariyb 13 gektar maydonda barpo etilayotgan yangi majmuaning loyiha qiymati 10 million dollarni tashkil etadi. 2023 yilning birinchi choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan loyihani amalga oshirish natijasida 400 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Ochilish marosimida so‘z olganlar loyihada belgilangan ishlar yana davom etishini ta’kidlab, tashabbuskorlar ishlariga rivoj, dalalardagi hosillarga qut-baraka tiladi.

M. Sulaymonov, O‘zA