Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paxta mahsulotlari eksporti 1,5 barobarga oshiriladi
13:51 / 2023-08-25

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi boshqarma boshlig‘i Sohibjon Hatamov ishtirokida brifing tashkil etildi.

Qayd etilishicha, tegishli qonunchilikka muvofiq, kengashga fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shu jumladan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan munosabatlarda, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar o‘tkazish jarayonida hamda sudlarda ishlarni ko‘rib chiqishda himoya qilish yuklatilgan.  

2023 yil 1 iyul holatiga kengash huquqshunoslarining bevosita amaliy yordami bilan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari manfaatini himoya qilish uchun sudlarga qariyb 8 ming 284 ta da’vo arizalari kiritilgan. Shundan 5 ming 442 tasi qanoatlantirildi.  

Klaster tizimi qisqa vaqt ichida qishloq xo‘jaligida keskin o‘zgarishlar qilishga zamin yaratdi. Xususan, o‘tgan olti yil ichida bir gektardan olinadigan paxta hosili 26 sentnerdan 34 sentnerga yetdi. Ayniqsa, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlarida 40 sentnergacha hosil olinmoqda.  

Paxta tolasini qayta ishlash 2,5 barobar oshirilib, 100 foizga yetkazildi. Ip-kalava ishlab chiqarish – 2,2 barobar, tayyor mahsulot – 5 barobar ortdi. Kelgusi yilda sohadagi eksportni 1,5 barobar ko‘paytirib, 2022 yildagi 3,2 milliard dollar o‘rniga 5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda paxta to‘qimachilik klasterlarida 600 mingga yaqin aholi doimiy daromad olib, mehnat qilmoqda.  

Paxta va sun’iy tolani olib kelishda transport xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi. Xomashyo, bo‘yoq va kimyoviy vositalar, furnitura, sovutish tizimlari va aksessuarlar uch yil muddatga bojxona bojidan ozod qilinadi. Bu, albatta klasterlar bilan ishlayotgan fermer xo‘jaliklarining moliyaviy, moddiy texnika bazasini yaxshilashga asos bo‘ladi.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA