Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paxta chigitini qayta ishlash mavsumi boshlandi
12:24 / 2021-10-03

Paxta xomashyosi xalq xo‘jaligi uchun qimmatli xomashyo manbai hisoblanib, undan 100 ga yaqin mahsulot tayyorlanadi. Paxta chigitidan esa o‘simlik moyi olinadi.

“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ayni shu kunlarda yurtimiz dalalarida yetishtirilgan paxtani nest-nobud qilmasdan, uyushqoqlik bilan terib olish choralari ko‘rilmoqda. Terib olingan paxta hosili korxonalarga olib kelinib, qayta ishlanmoqda. Paxta chigiti birja savdolariga qo‘yilmoqda.

Uyushma tarkibidagi korxonalar tomonidan paxta chigitini xarid qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jamg‘arilgan xomashyoni qayta ishlash ishlariga “Farg‘ona yog‘-moy” korxonasi birinchilardan bo‘lib kirishdi. Korxonada shu kungacha 700 tonna paxta chigiti qayta ishlandi va o‘simlik moyi olindi.

Tez kunlarda barcha yog‘-moy korxonalari tomonidan chigitni qayta ishlash ishlari boshlanishi kutilmoqda.

 

Muhayyo  Toshqorayeva,

O‘zA