Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paxta – 2024: xirmonning salmog‘i ortmoqda
13:03 / 2024-09-24

Shu kunlarda Toshkent viloyatining paxta dalalarida yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida terib olish ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Terimda faol qatnashayotgan terimchilarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va ko‘chma tibbiy ko‘rikni tashkil qilish, savdo, madaniyat va maishiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullar tomonidan joylarda zarur sharoitlar yaratilgan.

Xususan, Oqqo‘rg‘on tumanidagi 11 ming 200 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlangan bo‘lib, jami 43 ming tonna paxta xomashyosini davlatga topshirish ko‘zda tutilgan. Oqqo‘rg‘onlik usta dehqonlar har gektar maydondan o‘rtacha hosildorlikni 38,4 sentnerdan kam bo‘lmasligi uchun harakat qilmoqda. 

Terim jarayonlari bilan tanishish maqsadida viloyat va tuman hokimliklari tomonidan OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi. Dastlabki manzil “Abdumannob Pirimqulov” fermer xo‘jaligi dalalari bo‘ldi. Mazkur xo‘jalikning jami yer maydoni 96 gektar bo‘lib, shundan 44 gektarida g‘o‘za parvarishlangan. Samarali mehnat tufayli bugun fermerning yuzi yorug‘. Terim jarayoniga jalb etilgan terimchilar uchun yetarli sharoit yaratilgan. Har kuni tushlikda dala shiyponida issiq ovqat, choy, non berilib, mehnat haqi kunbay to‘lmoqda. Aslida qayerda moddiy manfaatdorlik bo‘lsa, o‘sha yerda ish unumli va barakali bo‘ladi. 

[gallery-19414]

Jurnalistlar daladagi terimchilarga yaratilgan sharoit bilan tanishdi. Maroqli suhbat terimchilarning ham, jurnalistlarning ham kayfiyatini ko‘tardi. Shuningdek, paxta qabul qilish punktida ham ish qizg‘in. Dalalardan terilgan paxta xomashyosi belgilangan tartibda xirmonga topshirilmoqda. Joylarda zarur xavfsizlik choralari ko‘rilib, paxta yig‘im-terim mavsumini betalafot va samarali o‘tkazish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Navbatdagi manzil “Yustex” MCHJ tikuvchilik korxonasi bo‘ldi. Bu yerda paxta tolasidan tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan zamonaviy korxona faoliyati xususida ma’lumot berildi. Korxonada 300 nafardan ortiq xotin-qizning bandligi ta’minlangan. Bu yerda asosan bolalar va kattalar uchun kiyim-kechak tayyorlanadi. Qo‘l mehnati va mashina uyg‘unligida yaratilgan bu mahsulotlar xorij davlatlariga eksport qilinmoqda. 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Oqqo‘rg‘on tumanida yetishtiriladigan paxta xomashyosining asosiy qismi hududdagi korxonalar tomonidan qayta ishlanadi. Jumladan, 8 ming 716 tonnasi ip-kalava, 8 ming tonnadan ortiq trikotaj mahsulotlari tayyorlanadi. 

A.Musayev, A.Alijonov (surat), O‘zA.