Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
PAXTA-2020: Oʻrta Chirchiq tumanida paxta terimi boshlandi
12:30 / 2020-09-10

Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Bekzodjon agro plyus” fermer xoʻjaligi dalalarida paxta yigʻim-terim ishlari boshlandi.


Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Bekzodjon agro plyus” fermer xoʻjaligi dalalarida paxta yigʻim-terim ishlari boshlandi.

Mavsum boshlanishi munosabati bilan paxta maydoniga kelgan Qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Shuhrat Teshayev, Toshkent viloyati prokurori Salom Samadov, Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Botir Alimbekov, viloyat tashkilotlari rahbarlari, tuman hokimi Olimjon Nurmatov va boshqa masʼullar paxtakorlarga kuch-quvvat tiladi.

Viloyat qishloq xoʻjaligi mutaxassislarining taʼkidlashicha, joriy yilda paxta dalalarida barcha agrotexnik tadbirlar tizimli amalga oshirildi. Xususan, gʻoʻzaning serhosil, ertapishar, turli kasallik va zararkunandalarga chidamli “S- 6524”, “Sulton”, “Namangan -77”, “Porloq”, “Buxoro -102” navlari parvarishlandi.

Viloyatda bu yil 73 ming gektar maydonda gʻoʻza parvarish qilingan boʻlib, har bir gektar maydondan 31,5 sentnerdan qimmatbaho sanoat xomashyosi yetishtirish koʻzda tutilgan. Jami 229,6 ming tonnalik paxta xirmoni bunyod etish rejalashtirilgan.

Xususan, Oʻrta Chirchiq tumanida 2020-yil hosili uchun jami 22 ming 252 tonna paxta hosilini yetishtirish belgilangan boʻlib, oʻrtacha hosildorlik 1 gektarga 30,8 sentnerni tashkil qiladi. Joriy yil hosili uchun oʻrtacha hosildorlikni 40 sentnerga yetkazish koʻzda tutilgan.