Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pauerlifting: O‘zbekiston chempionlari “Yunusobod”da aniqlandi
17:41 / 2024-03-25

Pauerlifting sport turi og‘ir atletikachilarning asosiy harakatlarda samaradorlikni oshirish uchun ishlatadigan mashqlaridan kelib chiqqan bo‘lib, o‘tgan asrning 40-50-yillarida G‘arbda mashhurlikka erishdi. Musobaqalar o‘tkazila boshlandi. 50-60-yillarda esa zamonaviy shaklda pauerlifting shakllana boshladi. 60-yillarning o‘rtalariga kelib musobaqa qoidalari belgilanib, milliy darajadagi chempionatlarni o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

1972-yil noyabr oyida Xalqaro pauerlifting federatsiyasi tashkil etildi. 2000-yildan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida pauerlifting bo‘yicha rasmiy bahslar o‘tkazilib kelinadi. U Xalqaro paramiya qo‘mitasi va Dunyo Anti-Doping agentliklarining a’zosi hisoblanadi.

O‘zbekiston pauerlifting federatsiyasi tomonidan muntazam milliy chempionatlar, nufuzli turnirlar tashkil etilib, o‘zbekistonlik sportchilar yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelishmoqda.

Poytaxtimizdagi Yunusobod sport majmuasi hududidagi Savage majmuasida yoshlar va kattalar o‘rtasida pauerlifting bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi.

3 kun davom etgan bahslarda yoshlar klassik, kattalar epikirovka yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Chempionatda Angren, Olmaliq, Chirchiq, Zarafshon, Uchquduq, Toshkent, Buxoro, Nukus va Namangan jamoalari sharafini himoya qilgan 121 nafar sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Qizg‘in bellashuvlar yakunida g‘olib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA