English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Patriot raketasi ishlab chiqarilishi kupayadi
18:10 / 2026-01-07

Amerika mudofaa kompaniyasi “Lockheed Martin” Tramp ma’muriyati bilan “Patriot” tutuvchi raketasi yetkazib berish bo‘yicha yangi doiraviy kelishuvga erishdi. Shartnomaga ko‘ra, endi eng so‘nggi rusumdagi shunday aslaha ishlab chiqarish yetti yil ichida yiliga hozirgi 600 donadan 2000 donaga ko‘tariladi.

– Hukumat bilan PAC-3 MSE raketasi yig‘ish jarayonini sezilarli darajada tezlashtirishga qaror qildik, – deb yozdi korxona mas’ul vakili ijtimoiy tarmoq orqali. – Asbob-uskuna, sinov qurilmasi va 13 000 dan ziyod yetkazib berish tarmog‘i bo‘limlari ta’minot zanjiri barqarorligini oshiradi.

So‘nggi ikki yilda shu rusumdagi qurol ishlab chiqarilishi 60 foiz oshgan. Xususan, 2025 yil 620 dona raketa yetkazib berilib, o‘tgan yilga nisbatan 20 foiz o‘sishga erishilgan.

MSE – “Missile Segment Enhancement” dasturi “Patriot Advanced Capability-3” – PAC-3 raketasining takomillashtirilgan turi bo‘lib, turli xil havo nishonini ushlash va yo‘q qilishga mo‘ljallangan.

S.Rahimov, O‘zA