Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Patriarx Kirill : "Rossiya madhiyasida Xudo mavjud boʻlgan davlat boʻlsa, nega bu Konstitutsiyamizda yozilmasligi kerak?“
12:01 / 2020-02-02

Patriarx Kirill oʻzining patriarxlik intronizatsiyaning 11 yilligi bilan uyushtirilgan marosimda, Rossiya federatsiyasining davlat madhiyasida xudo atamasining mavjudligini taʼkidlab, Rossiya fuqarolarining aksariyati xudojoʻyligini, bosh qomusda yaratganning kiritilishi shartligini, fuqarolarning eʼtiqodini qonunan mustahkamlanishi kerakligini taklif qilgan.


Patriarx Kirill oʻzining patriarxlik intronizatsiyaning 11 yilligi bilan uyushtirilgan marosimda, Rossiya federatsiyasining davlat madhiyasida xudo atamasining mavjudligini taʼkidlab, Rossiya fuqarolarining aksariyati xudojoʻyligini, bosh qomusda yaratganning kiritilishi shartligini, fuqarolarning eʼtiqodini qonunan mustahkamlanishi kerakligini taklif qilgan. Bu haqda newsru. com axborot nashri bir qancha xabarlardan iqtibos keltirib maqola tayyorladi.

Nafaqat pravoslavlar, balki boshqa din vakillarining ham xudolari yagona ekanligini uqtirib, Agar Rossiya madhiyasida Xudo mavjud boʻlgan davlat boʻlsa, nega bu Konstitutsiyamizda yozilmasligi kerak?“ — deya xabar qoldirgan Patriarx Kiril oʻz Telegram-kanalida

Rus pravoslav cherkovi rahbari Xudoga boʻlgan ishonchni “axloqiy, ham shaxsiy, ham ijtimoiy va siyosiy“ jixatlarni tashkil etuvchi gʻoyaviy taklif deb atadi va barchani xudoning konstitutsiyada mavjud boʻlishiga targʻib qilinishiga chaqirdi.

Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish boʻyicha ishchi guruhning raisi Andrey Klishas Risega, patriarxning bu tashabbusi koʻrib chiqilishini maʼlum qilgan.

Davlat Dumasi Davlat qurilishi va qonun hujjatlari qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Yuriy Napso, Moskva radiosiga bergan intervyusida patriarxning bayonotini nomaqbul deb atadi. “Bu keraksiz konfessiyalararo tortishuvlarni va ziddiyatlarni boshlanishiga sabab boʻladi. Rossiyadagi Musulmonlar Allohga sigʻinishadi, butparastlar toshga, suvga va olovga sigʻinishadi, ateistlar hech kimga sigʻinmaydilar. Keyin hamma oʻzining xudosi va eʼtiqodini konstitutsiyaga kiritishga harakat qiladi” dedi u.

Muxolifatchi Andrey Kurayev NSN (natsionalnaya slujba novostey) efirida patriarxning fikrini sharhladi.

U “Siyosiy asketizm geni pravoslavlikka qoʻshilmaganini taʼkidlab, Bizning Yepiskoplarimiz sosiska va kolbasa hamda oʻzlarini boshqa huzur-halovatdan voz kechgandek koʻrsatishadi, Ammo odamlar ustidan diniy boshqaruv imkoniyati paydo boʻlganda, ular hech qachon buni rad etmasdan, ishga kirishib ketadilar”, deb aytdi.

Siyosatchi Dmitriy Gudkov patriarxning tashabbusini tanqid qilib, “Xudo Konstitutsiyada aks etishi mumkin emas, Konstitutsiya fuqarolar huquqlarining kafolati haqida! Farishtalar yoki jinlarning huquqlari haqida emas” deb yozdi.

“Levada“ markazida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, rossiyaliklarning 47 foizi Prezidentning Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartishlarini Vladimir Putinning vakolatlarini kengaytirish va 2024-yildan keyin hokimiyatda qolish uchun harakat deb bilishadi. 44% fikriga koʻra, davlat boshqaruvini takomillashtirish uchun koʻpchilik aholi manfaatlarini hisobga olgan holda tuzatishlar kiritilishi kerak.

Rossiya konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritish uchun 15 kun kerak boʻladi, u joriy yilning 11-fevral kunida boʻlib oʻtishi kerak, ammo takliflar koʻpligi sababli, koʻrib chiqish fevralning oxiri — mart boshigacha qoldirilishi mumkin.

Rossiya federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 30-yanvar kuni jamoatchilik vakillari bilan oʻtkazgan uchrashuvida, “ Odamlar ushbu ovoz berish punktlariga kelib, ushbu oʻzgarishlarni xohlaysizmi yoki yoʻqmi, degan masalani oʻzlari hal etishlari kerak.

fuqarolarimiz aslida oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi qonunni qabul qiladigan yoki uni rad etadigan yakuniy hokimiyatdir, agar konstitutsiya oʻzgartirishlarini Butunrossiya qoʻllab-quvvatlamasa, mazkur qonunga imzo chekmasligi mumkinligini taʼkidlagan edi.

Eslatib oʻtamiz, Davlat Dumasi birinchi oʻqishda maʼqullagan Prezident konstitutsiyasining 22 moddasiga kiritilgan tuzatishlarga qoʻshimcha ravishda, ishchi guruhga yana 200 ga yaqin taklif kelib tushdi.

Ular orasida Rossiyaning Ikkinchi Jahon urushidagi “gʻolib kuch“ maqomini mustahkamlash, rus tilini asosiy til sifatida birlashtirish va pravoslavlik asosiy din (garchi bu konstitutsiyaning birinchi bobiga zid boʻlsa ham), shuningdek prezidentni bosh harflarda “Oliy Hukmdor“ deb oʻzgartirish kiritish takliflari bildirilgan.