Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Patentlash hunarmandchilik mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshiradi
16:58 / 2025-03-05

Hunarmandchilik sohasida mahsulotlarning sifati va eksport salohiyatini oshirish, ularni milliy va xalqaro standartlar va talablar asosida tayyorlash, hunarmandchilik mahsulotlarini qadoqlash, brendlash, jahon bozorida xaridorgir bo‘lishiga erishish bugungi kunning dolzarb mavzusi hisoblanadi. Bu borada “Hunarmand” uyushmasida tizimli ishlar boshlandi.

Shunga ko‘ra, Toshkent shahridagi "Navro‘z bog‘i"da uyushma raisi R.Mirzaahmedov hunarmandlar bilan uchrashdi. Jumladan, «Bibi xanum» brendi asoschisi Muhayyo Aliyevaning faoliyati o‘rganildi.

Uchrashuvda Uyushma rahbari ta’kidlaganidek, hunarmandchilik mahsulotlarini patentlash milliy va an’anaviy dizayn, texnologiya, bezak va ishlab chiqarish uslublarini huquqiy muhofaza qilish jarayoni bo‘lib, hunarmandlarga o‘z ixtirolari va noyob mahsulotlarini himoya qilish imkonini beradi. Bunday patentlash jarayoni orqali hunarmandlar o‘z mahsulotlarining noyobligi va intellektual mulkini himoya qilib, ularning noqonuniy nusxalanishiga yoki soxtalashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, patentlash hunarmandchilik mahsulotlarining bozordagi raqobatbardoshligini oshirib, ularga xalqaro va mahalliy bozorlarda eksklyuzivlik beradi.

Uchrashuv davomida Hunarmand uyushmasi tomonidan hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati mahsulotlarini brendlashtirish, raqobatbardosh mahsulotlarni yaratish, jahon bozoriga olib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA