FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon va Marg‘ilon shahrida Renovatsiya dasturi asosida qurilgan zamonaviy uy-joylar foydalanishga topshirildi.
Jarayonda Marg‘ilonning Ipakchi mahallasida ma’nan eskirgan 68 ta pastqam uy buzilib, o‘rniga zamonaviy 440 xonadondan iborat 11 ta ko‘p qavatli uy barpo etildi. Qo‘qon shahrida ham G‘ishtli Masjid mahallasida 3 ta 7 qavatli uy qurib bitkazildi. Shu bilan birga, 6400 xonadondan iborat “Yangi Qo‘qon” massivi qurilishi jadal sur’atlarda davom etmoqda.
Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida o‘tkazilgan tantanali marosimda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi. U yangi xonadonlar egalariga kalitlarni topshirib, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va aholining turmush sharoiti yaxshilanib borayotgani xususida so‘z yuritdi. Nuroniylar ishtirokida duolar qilindi, aholi o‘zining chinakam quvonchi va mamnuniyatini izhor etdi.
[gallery-25086]
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA