Samarqandda mahallalardagi “Qalqon guruhlari” a’zolari o‘rtasida o‘tkazilgan “Qalqon sardorlari” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Xavfsiz mahalla” tamoyilinii hayotga keng tatbiq etish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur musobaqa mahallalarda jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash, aholi tinchligi va osoyishtaligini mustahkamlashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolarda vatanparvarlik va mas’uliyat hissini oshirishga qaratilgan.

Musobaqa davomida ishtirokchilar harbiy-vatanparvarlik tayyorgarligi, jismoniy chiniqish, tezkorlik, jamoaviylik hamda sardorlik mahorati bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdi.


Viloyat bosqichi yakunlariga ko‘ra, Pastdarg‘om tumani jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ishtixon tumani va Kattaqo‘rg‘on shahri jamoalari keyingi sovrinli o‘rinlarga loyiq ko‘rildi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri