Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pastdarg‘omda 2 milliard 288 million so‘mlik kredit qarzi undirildi
12:45 / 2022-05-31

Majburiy ijro byurosi Pastdarg‘om tumani bo‘limi ish yurituviga Samarqand shahar iqtisodiy sudining 2021 yil 13 apreldagi qaroriga asosan qarzdor “Don invest mahsulotlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati va qo‘shimcha javobgar “Jahon keramika invest” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi ATB “O‘zsanoatqurilishbank” Samarqand filiali foydasiga 2 milliard 288 million 805 ming so‘m kredit qarzi va 45 million 776 ming so‘m ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushdi.

– Mazkur ijro hujjati bo‘yicha “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, qarzdorga ijro hujjati talabini ixtiyoriy bajarish uchun o‘n besh kunlik muddat berildi, – deydi MIB Pastdarg‘om tuman bo‘limi davlat ijrochisi Sohib Ziyatov. – Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor va qo‘shimcha javobgardan undiruvchi - ATB “O‘zsanoatqurilishbank” Samarqand filiali foydasiga 2 milliard 288 million 805 ming so‘m kredit qarzi va belgilangan ijro yig‘imi undirildi. 


O‘zA.