Pastdarg‘om tumanida hokim o‘zgardi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining bugun o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.
2024 yildan iyun oyidan buyon tumanga rahbarlik qilgan Sh.Rahmonov o‘z arizasiga ko‘ra, tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.


Sessiyada ishtirok etgan Samarqand viloyati hokimi A.Boboyevning tavsiyasiga ko‘ra, Pardayev Jamshid Arziyevich Pastdarg‘om tumani hokimi etib tasdiqlandi.

J.Pardayev mazkur tayinlovga qadar Pastdarg‘om tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri