Pasportingiz muddati tugaganligi haqida xabarnoma yuboramiz!
Internet tarmog‘i va mobil aloqa vositalari orqali ko‘rsatiladigan masofaviy bank xizmatlari ko‘lami muttasil kengayib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash doirasida mamlakatimiz bank tizimida keng ko‘lamli o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Sohaga zamonaviy texnologiyalar shiddat bilan kirib kelmoqda. Internet tarmog‘i va mobil aloqa vositalari orqali ko‘rsatiladigan masofaviy bank xizmatlari ko‘lami muttasil kengayib bormoqda.
“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan mijozlarga qulayliklar yaratish, ularning vaqtini tejash, omonatchilarga bank filiallari orqali tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish maqsadida bir qator dasturlar ishlab chiqilgan.
Xususan, bank tizimida mijozni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanada amalda bo‘lishi shartligi belgilanganligiga muvofiq ravishda omonatchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (fuqarolik pasporti)ning amal qilish muddatining tugaganligi haqida ma’lumot berib boruvchi dastur amaliyotga joriy qilingan.
Unga muvofiq bank filiallari xodimlari tomonidan omonatchilarning mobil aloqa vositasiga fuqarolik pasportining muddati tugaganligi haqidagi muntazam dasturiy SMS-xabarnoma yuborilib boriladi, shuningdek, bevosita mijozlar telefon orqali xabardor qilinib boriladi.
Bu xizmatning mijoz uchun ham, bank uchun ham afzalliklari ko‘p. Fuqarolar kundalik yumushlar bilan bo‘lib ba’zi hollarda o‘z pasporti muddati tugaganligini unutib qo‘yadi. Natijada amaldagi tartibga ko‘ra bank omonatiga mablag‘ joylashtirgan mijozning fuqarolik pasportining muddati tugagan holatda uning omonat hisob raqamidan amaliyotlar bajarishda ma’lum muammolar kelib chiqadi. Bu esa mijozning omonatdagi o‘z mablag‘laridan daromad qilish imkoniyatlarini kamaytiradi. Bank o‘z mijozining fuqarolik pasportini o‘z vaqtida amalda bo‘lish muddatini nazorat qilib borishini ta’minlash bilan nafaqat bank bilan munosabatlarda, balki fuqaroning kundalik faoliyatida foydalanishi uchun zarur bo‘lgan joylarda foydalanishiga imkoniyat yaratadi.
Bu kabi zamonaviy xizmatlar mijozlar bilan o‘zaro ishonchga qurilgan va manfaatli munosabatlar o‘rnatilishiga xizmat qilmoqda. Biz uchun nafaqat bankimizning, balki mijozlarning ham daromad ko‘rishi muhimdir!
“Qishloqqurilishbank” - farovon hayotingiz xizmatida!
Ma’lumot uchun:
(+99871) 150-93-39, 150-72-58, www.qqb.uz
Bank axborot xizmati
Xizmatlar litsenziyalangan