Pashinyan YeOIIning siyosiy kun tartibi bo‘lmasligi kerak, deb bayonot berdi
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning fikricha, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi faqat iqtisodiy birlashma bo‘lib, uning siyosiy va geosiyosiy kun tartibi bo‘lmasligi kerak.
“YeOII – bu iqtisodiy birlashma, u siyosiy, ayniqsa geosiyosiy kun tartibiga ega bo‘lmasligi kerak. Yevrosiyo integratsiyasini siyosiylashtirishga urinishlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymay, tuzilmani aynan shunday qabul qilishda davom etamiz va o‘zaro harakatlarimizni iqtisodiy hamkorlik doirasida rivojlantiramiz”, - dedi Pashinyan tuzilmaning Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan majlisida.
Uning ta’kidlashicha, YeOII va uning iqtisodiy tamoyillari siyosiy maqsadlarga to‘g‘rilanmasligi, savdo erkinligi va integratsiya jarayoni siyosiy maqsadlar bilan cheklab qo‘yilmasligi kerak.