Pashinyan: Ozarbayjon va Armaniston energetika tizimi bog‘lanadi
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan parlamentdagi nutqida mamlakat energetika tizimi TRIPP loyihasi doirasida Ozarbayjon hududiga ulanishini e’lon qildi. Demak, endi har ikki tomon elektr energiyasini o‘zaro import va eksport qilish imkoniyatidan teng shart asosida foydalanadi.
Yetakchi ta’kidlashicha, bu azaliy ikki qo‘shni davlat hamkorligini mustahkamlashda muhim qadamdir.
S.Rahimov, O‘zA