Bosh vazir Nikol Pashinyan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilgan video lavha orqali Armanistonda tinchlikka asoslangan To‘rtinchi Respublika tuzilishini bildirdi:
- Ko‘pchilik "Buning ma’nosi nima?" deb so‘raydi. Gap shundaki, Uchinchi respublika mojaro, to‘rtinchi respublika esa tinchlik mantig‘iga asoslangan. Hozirgisi armanlar orzu qilgan Vatan bo‘ladi, boshqa yurtni izlashga hojat qolmaydi. Yangi respublikada hokimiyatning egasi xalq ekani aniq va inkor etib bo‘lmaydigan tarzda belgilanadi.
Avgust oyi boshida Pashinyan AQSH va Ozarbayjon Prezidentlari Donald Tramp va Ilhom Aliyev bilan Vashingtonda uchrashgan. So‘ngra Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari ikki davlat o‘rtasida tinchlik va davlatlararo munosabat o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim matnini kelishish to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilingan edi. Shuningdek, Yerevan Ozarbayjonni Armaniston hududi orqali o‘zining Naxchivon muxtoriyati bilan bog‘laydigan “Xalqaro tinchlik va farovonlik uchun Tramp yo‘li”ni yaratish bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar hamda uchinchi tomonlar bilan hamkorlik qilishga kelishib olgan.
S.Rahimov, O‘zA