Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parvozlar xavfsizligini ta’minlashda mustahkam qo‘rg‘on (video)
22:25 / 2024-07-11

“O‘zaeronavigatsiya” DUK Termiz hududiy bo‘linmasida HHB (Havodagi harakatni boshqarish) dispetcherlik minorasi yangidan barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

Minorada joylashgan dispetcherlik punkti bir nuqtaning o‘zida havo kemalari harakatlari, shuningdek, aerodromdagi xizmatlar ishi ustidan uzluksiz radiolokatsiyaviy va vizual monitoring o‘tkazishga imkon beradi.  

Ta’kidlash joizki, oldinlari Havodagi harakatni boshqarish Termiz hududiy bo‘linmasi barcha xizmatlari Termiz aeroportining turli binolarida joylashgan bo‘lib, bu  ko‘plab noqulayliklarni keltirib chiqarardi.

[gallery-18228]

Balandligi 25 metr bo‘lgan yangi minora mintaqa havo bo‘shlig‘idagi harakatlar samaradorligi va xavfsizligini sezilarli darajada oshirib, parvozlar xavfsizligini ta’minlashda haqiqiy va mustahkam qo‘rg‘onga aylanadi. Shuningdek, Havodagi harakatni boshqarish Termiz hududiy bo‘linmasi zamonaviy radiolokatsiya va radionavigatsiya vositalari bilan jihozlangani bu yerdagi mutaxassislar ishini sifat bosqichiga olib chiqadi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/4IT4fpMn6U4?si=v4E1H39cyhU60Kbk" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA