English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parvozi baland “Buxoro yoshlari”
16:56 / 2020-06-23

Zamon bilan hamnafas gazeta 2013-yilda viloyatda birinchilardan boʻlib, oʻzining – buxoro-yoshlari.uz saytiga ega boʻldi.

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati kengashi muassisligidagi “Buxoro yoshlari” gazetasi 2001-yildan buyon chop etib kelinmoqda. Yillar davomida safi va salohiyatini mustahkamlab kelmoqda.

Zamon bilan hamnafas gazeta 2013-yilda viloyatda birinchilardan boʻlib, oʻzining – buxoro-yoshlari.uz saytiga ega boʻldi.

2017-yildan boshlab esa yoshlar va koʻp sonli muxlislariga yana-da yaqinroq boʻlish maqsadida @by_gazetasi telegramm kanali tashkil etildi. Bir necha yilki mazkur ijtimoiy tarmoq orqali minglab yoshlar bilan onlayn usulda turli loyihalar, tanlov va qizgʻin bahslar oʻtkazib kelinmoqda.

Joriy yilning 16-martida mamlakatimizda karantin eʼlon qilingach, ayniqsa, jurnalistlarni oʻylantirib qoʻydi. “Agar men ham uyda qolsam, jamiyat tashvishiga qanday yelka tutaman, tomoshabin boʻlib qololmayman!” – degan fikr yoshlardan iborat jamoamizning ichki kechinmasiga aylandi.

Karantinning ilk kunlarida @by_gazetasi telegramm kanali orqali yoshlarni zeriktirmaslik uchun turli top-shoular, keyinchalik “Menda javob bor!” loyihasi doirasida kitobxon yoshlar bilan savol-javob oʻyinlari oʻtkazildi. 1000 dan ortiq yoshlar qamrab olindi.

Shuningdek, #Uyda_qolib loyihasida yoshlarning bolajonlar va talaba yoshlarning uydagi mashgʻulotlari keng yoritib borildi.

Tahririyat jamoasi Buxoro davlat universiteti, Buxoro davlat Tibbiyot instituti mutasaddilari bilan hamkorlikda taʼlim muassasalarida tahsil oladigan, biroq karantin davrida oʻz yurtiga ketolmay qolgan xorijlik yoshlar holidan xabar oldi. Ular bilan intervyular uyushtirilib, video va lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda, saytlarda uzluksiz yoritildi.

Ayni paytda Matbuot va OAV xodimlari kuniga bagʻishlab ijodkor yoshlar va yosh jurnalistlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 12 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan ijodkorlar uchun “Yashil yaproqlar” loyihasi doirasida yirik onlayn tanlov eʼlon qilingan. Mazkur onlayn tanlovda 500 dan ortiq yoshlardan kelgan ijodiy ishlar gʻoliblari 18 nafar Buxoro viloyati va Respublikamizning yetuk jurnalistlaridan saralangan hakamlar hayʼati tomonidan aniqlanadi. Yoshlarning ijodiy ishlari “Yashil yaproqlar” tanlovi hakamlaridan iborat tuzilgan guruhda koʻrib chiqilmoqda. 6 ta yoʻnalish boʻyicha 18 nafar gʻolib aniqlanadi.

Tahririyat qoshida tashkil etilgan “Parvoz” yosh jurnalistlar mahorat klubining bir nechta faol aʼzolari, gazetaning jamoatchi muxbirlariga kasb mahoratini oʻzlashtirishlariga imkoniyat yaratish maqsadida viloyatdagi muxbiri sifatida karantin davrida ham turli obyektlarda: davlat soliq inspeksiyasi, IIB vakillari bilan bozor va yarmarkalarda boʻlib, oziq-ovqat mahsulotlarining sunʼiy oshirilgani, oʻzidan tadbirkor yasab olgan soha “ishbilarmon”lar xususida jurnalistik surishtiruvlar oʻtkazilishida va ularning ijodiy ishlarini keng oʻquvchilar ommasi eʼtiboriga havola qilishda bosh-qosh.

@by_gazetasi telegramm kanali orqali toʻsiqqa uchrayotgan yosh tadbirkorlar, aholining turli muammo va tashvishlarini oʻrganish va ularni bartaraf etishga qaratilgan tanqidiy-tahliliy maqolalar, turli mavzudagi tezkor xabar va videolavhalar telegramm kanali oʻquvchilari sonining tobora oshib borishini taʼminladi. Ayni paytda 16 mingdan ziyod oʻquvchilari bor. Ularning talabi bilan @by_gazetasi telegramm kanalining @by_gazetasi_chat i tashkil etildi. Mazkur chat orqali ijtimoiy kanal oʻquvchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olmoqda.

@by_gazetasi telegramm kanalida bugun butun dunyoni tashvishga solayotgan koronavirus pandemiyasi yangiliklari, shuningdek, 1000 dan ortiq xabar va daʼvatlari bilan odamlarni hushyorlikka chorlab, sergak boʻlishga, oʻzi va yaqinlari salomatligini oʻylashga, u orqali jamiyatga katta foyda keltirishi borasidagi goʻzal soʻz va tashbehlari bilan ezgulik daʼvatiga chorlamoqda. Zero, soʻz - yaratishga ham, vayron qilishga ham qodir boʻlgan kuchdir. Xuddi shu jihat @by_gazetasi telegramm kanalining keng jamoatchilik oʻrtasida quvvatlanib borishiga turtki boʻlmoqda.

Shu oʻrinda, bugun qator nashrlar karantin tufayli bir muddat faoliyatini toʻxtatgan boʻlsada "Buxoro yoshlari” gazetasining elektron, ham bosma shakli oʻz vaqtida gazetxonlarga yetkazilmoqda.

Laylo HAYITOVA,
“Buxoro yoshlari” gazetasi bosh muharriri