“Asiana Airlines” (Osiyo havo yo‘llari) aviakompaniyasiga tegishli samolyot eshigini parvoz tugamasdan ochib yuborgan koreyalik fuqaro “tezroq tushmoqchi bo‘lgan”, deb yozdi “Sky News”.
Gumonlanuvchi, 30 yoshli erkak Janubiy Koreyaning Tegu xalqaro aeroportida uchoq qo‘nayotgan payt favqulodda eshikni 700 fut balandlikda ochganidan so‘ng qo‘lga olindi.
U rasmiylarga “klostrofobiya” holatiga tushgani, tezroq salonni tark etish maqsadida eshik ochganini aytdi. Yo‘lovchilar qoida buzarni to‘xtatishga uringan, biroq uning favqulodda chiqish eshigini qisman ochishiga to‘sqinlik qila olishmagan.
“Airbus” A321 samolyoti pastlayotgan, hali 700 fut balandlikda payti gumonlanuvchi favqulodda holatda eshikni ochgan va uchoq sahniga shu zahoti keskin bo‘ron yopirilgan.
Samolyot yerga qo‘ngach, gumonlanuvchi politsiya tomonidan aviatsiya xavfsizligi qoidasini buzganlikda ayblanib, hibsga olingan.
Hodisa natijasida to‘qqiz yo‘lovchi kasalxonaga joylashtirildi.