Huquqiy munosabat
Parvarishlash nafaqasi nima? Bu nafaqa yurtimizda kimlarga beriladi?
Ushbu savolga Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Qo‘shrabot tuman bo‘limi katta inspektori Bahrom Abdumo‘minov javob berdi:
Parvarishlash nafaqasi o‘zgalar parvarishiga muhtoj 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun joriy etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 fevralda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni tasdiqlangan.
Farmonga ko‘ra, parvarishga muhtoj nogironligi bo‘lgan voyaga yetmagan bolalarning (o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar) parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi (parvarishlash nafaqasi) joriy etilgan.
Parvarishlash nafaqasini olish uchun fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat qilishi kerak.
Murojaatlarda keltirilgan sabablar hujjatda belgilangan bandlarga to‘g‘ri kelsa, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan nafaqa tayinlanadi va to‘lanadi.
Jumladan, farmonda o‘zgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 34 ta kassalik bilan kasallanganlariga parvarishlash nafaqasi tayinlanishi qayd etilgan. Ya’ni bunda voyaga yetmaganlarda bandda keltirilgan kasalliklarning qay biri kuzatilayotgan bo‘lsa, ularga parvarishlash nafaqasi belgilanadi.
O‘zA